Toshkentda talaba antiqa eksperiment boshladi: uning puli yetarmikan

© Facebook / GarmdoriStudent tashkentskogo universiteta Mirzo-Ulugbeka
Student tashkentskogo universiteta Mirzo-Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitetining 2-chi kurs talabasi a’lochi stipendiyasiga bir oy yashash mumkin yoki mumkin emasligini eksperiment qilib ko‘rmoqchi.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. O‘zini Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universitetining 2-chi kurs talabasi deb tanishtirgan yigit eksperiment boshladi – u a’lochi stipendiya puliga bir oy yashab ko‘rmoqchi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi

Sputnik muxbiriga universitetda bugungi kunda a’lochi stipendiyasi - 650 ming so‘m atrofida ekanligini aytishdi.

O‘zini Rustam deb tanishtirgan yigit o‘z loyihasi haqida Facebookdagi sahifasida video joylashtirdi. U 1-noyabrdan eksperimentni boshlab, bir oy davomida har kuni videolarini joylashtirib borishi ma’lum qildi.  

Tajribani e’lon qilgan yigit o‘z familiyasini aytmagan, shuning uchun Sputnik muxbiriga universitet xodimlari uni tahsil olishini tasdiqlashmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 1-noyabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravarga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0