Jamiyat

Oʻzbekistonda 1 noyabrdan nimalar kuchga kiradi ?

Eng kam ish haqi oshirilishi, savdo-sotiq qoidalari soddalashtirilishi, unning bozor narxlari joriy etilishi va qonunchilikdagi boshqa yangiliklar haqida.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Oʻzbekiston qonunchiligida 1 noyabrdan boshlab qanday oʻzgarishlar kuchga kirishi haqida Norma.uz portali xabar bermoqda.

Birinchidan, eng kam ish haqi, pensiya va stipendiyalar oʻrta hisobda 10%ga oshiriladi. Bugundan boshlab EKIH miqdori – 202730 soʻm, yoshga doir pensiyalar va nogironlarga bolalikdan  beriladigan nafaqalar miqdori – 396500 soʻm, ij stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 243300 soʻm etib belgilandi.

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda 1 noyabrdan oylik, stipendiya va pensiyalar miqdori oshirildi

Ikkinchidan, savdo-sotiq tartibi yanada erkinlashtirildi. Naqd pul tushumini topshirish (inkassatsiya) tartibi soddalashtiriladi, korporativ bank kartalari yordamida hisob-kitob qilganda esa oldi-sotdi shartnomasini tuzmaslik mumkin, biroq invoys (hisobvaraq-faktura) rasmiylashtirish zarur.

Tovar-xom ashyo birjalari birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish, shuningdek AKTni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha shuʼba xoʻjalik birlashmalarini tuza oladilar. Import boʻyicha olib kelingan yuqori likvidli mahsulotlar esa ichki bozorda cheklovlarsiz – birja orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi mumkin (ilgari – faqat birja orqali);

Uchinchidan, 1-nav bugʻdoy uni narxini belgilashning bozor mexanizmlari joriy etiladi. Eslatib oʻtamiz, 15 sentyabrdan buyon tartibga solinadigan ulgurji sotish narxi – 1 kg uchun 1 400 soʻm amal qilib kelmoqda.

Toʻrtinchidan, oy boshidan boshlab farmatsevtika sohasida yangi qoidalar qoʻllaniladi:

a) dori vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi guvohnomasi oʻrniga tegishli Davlat reyestridan koʻchirma beriladi. Bundan buyon roʻyxatdan oʻtishning amal qilish muddatini uzaytirish kerak boʻlmaydi. Davlat reyestriga maʼlumotlar kiritiladi va unda doim saqlanadi;

Batareya v podʼyezde jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda 12 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

b) dorixonalar va uning filiallari «angro» mahsulotini (yirik qadoqdagi dori vositalari va keyinchalik ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo) sotishga haqlilar.

Beshinchidan, terroristik, ekstremistik tuzilmalar safiga aldov yoʻli bilan jalb etilgan kishilar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ushbu mexanizmning barcha tafsilotlari haqidagi hujjat ayni damda muhokama qilinmoqda.

Oltinchidan, YHQni buzganlik uchun jarimalar toʻlashning billing tizimi joriy etiladi. Jarimalar toʻgʻrisidagi xabarlar SMS shaklida yoki pochta orqali yuboriladi. «Maʼmuriy amaliyot» yangi elektron kompleksi yordamida huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida ishlarni koʻrib chiqib, jarima undirilishi mumkin.

Yettinchidan, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi, shuningdek oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hududiy markazlar Xalq taʼlimi vazirligining idoraviy boʻysunuviga oʻtkaziladi.

Undan tashqari, 5 noyabrdan - toʻxtab turish joylarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kamida 5% bepul joylarni ajratish talabi, 19 noyabrdan - xorijiy avtotashuvchilarni XYT daftarchasidan foydalanish huquqidan mahrum qilish asoslari roʻyxati va 21 noyabrdan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni hisobga olishning yangi qoidalari kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala