Analitika

“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv

© SputnikOfitsialnыy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent
Ofitsialnыy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida mintaqadagi oddiy boʻlmagan geopolitik muammolar, samimiy va gullab-yashnab borayotgan Toshkent va oʻzining sharq buyumlariga boʻlgan azalgi ishtiyoqi haqida soʻzlab berdi.

Mariya Zaxarova Oʻzbekistonga hamisha xizmat yuzasidan keladi. Bu gal ham xuddi shunday boʻldi. U Oʻzbekiston tashqi siyosat idoralaridagi hamkasblari bilan muzokaralar oʻtkazdi, diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashdi, shuningdek doʻstlari bilan koʻrishib suhbatlashishga ham ulgurdi. Aytgancha, Oʻzbekistonda uning doʻstlari koʻp.

Vizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mariya Zaxarova Toshkentda: oʻzbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat boʻlish siri haqida

U bir piyola choy va behidan tayyorlangan shirinligi dasturxoni atrofida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga ham dunyo siyosatining muhim va jiddiy masalalari, ham unchalik jiddiy boʻlmagan, lekin muhim boʻlgan, masalan, u qanday qilib “oʻzbekona” osh tayyorlashi va “Oʻrta Osiyo uslubini“ qanday sevib qolganini soʻzlab berdi.

Moskva va Toshkent ittifoqi “feyk nyus”ga qarshi

Mariya Zaxarova Toshkentga sharq bozorlariga tashrif buyurish uchun kelmagan. Ushbu safar sermazmun va samarali boʻldi.

 “Bu oʻzbek doʻstlarimiz va Tashqi ishlar vazirligidagi hamkabslarimiz bilan ikkinchi TIVlararo maslahatlashuvlardir. Bu safar biz juda samarali ishladik – fikrlashdik, bir soatda ulguramiz dedik, natijada esa uch soat oʻtirib ishladik. Davlat rahbarlari yaratgandek ajoyib muhit edi. Kuni kecha prezidentimizning Oʻzbekistonga tashrifi yakuniga yetdi”, - deb eslatdi diplomat.

Uning soʻzlariga qaraganda, Vladimir Putinning yaqinda Oʻzbekistonga qilgan tashrifi – ikki tomonlama munosibatlar rivojlanishida tarixiy bosqich. Yuzlab ishbilarmonlar, hudud vakillari va idoralar rahbarlari hamma asosiy yoʻnalishlar boʻyicha, iqtisodning strategik sohasidan madaniy va gumanitar aloqalargacha, keng koʻlamli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdi.

“Muhokama uchun masalalar talaygina - bu ikki davlat OAVlar oʻrtasida ham mustahkam aloqalar oʻrnatish, axborot almashish, umumiy chaqiriqlarga qarshi kurashish – bu esa “feyk nyus”, davlatlarimizga qarshi targʻibot kampaniyalari. Sizga buni aytishni hojati yoʻq – Oʻzbekiston haqida tez-tez yolgʻon xabar ham, shunchaki ishonib boʻlmaydigan maʼlumotlarni ham tarqatishadi. Bizning koʻplab hamkorlarimiz, afsuski mamlakatda boʻlayotgan ijobiy vaziyatlarni koʻpincha koʻrishmaydi, ammo doimo salbiy gʻalayonni koʻtarish uchun har qanday bahonani ishlatishadi”, - deb qayd etdi Rossiya TIV vakili.

Bundan tashqari, RF tashqi siyosat idorasining rasmiy vakili jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari – boʻlajak diplomatlar oldida nuqt soʻzladi. Ularning uchrashuvdagi faolligidan Zaxarova hayratga tushdi.

© SputnikIntervyu s ofitsialnыm predstavitelem MID RF Mariyey Zaxarovoy
“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv - Sputnik Oʻzbekiston
Intervyu s ofitsialnыm predstavitelem MID RF Mariyey Zaxarovoy

“Lektsiya emas, balki savol-javob kechasi boʻldi. Ularni hamma narsa qiziqtirdi: global mavzudan boshlab amaliyotga oʻtdik: qanday qilib yaxshi mutaxassis boʻlish yoki hozirgi kunda xalqaro murakkab muammolarni qanday yechish mumkin”, - deb qayd etdi Zaxarova.

Afgʻoniston masalasi va toliblar bilan muzokaralar

Toshkentdagi uchrashuvning mavzularidan biri bu Afgʻoniston masalasi boʻldi. Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarining janubiy chegaralaridagi vaziyatni tinchlik yoʻli bilan hal etishdan manfaatdor.

 “Biz muzokaralar jarayonining faol ishtirokchi, shu bilan birga Afgʻonistondagi vaziyatni global tarzda hal qilishgan qaratilgan turli doiralarda ham ishtirok etamiz. Mintaqa barqarorligi ushbu davlatga bogʻliq. Kengroq maʼnoda, butun dunyo ham Afgʻoniston inqirozi taʼsirini oʻzida sezadi. Biz aloqa qilib turamiz, muzokaralar oʻtkazamiz, tashabbuslar kiritib vaziyatni tahlil qilamiz. Buning hammasi Afgʻonistondagi hamkorlarimiz bilan ikki tomonlama asosda – avvalombor rasmiy hukumat bilan boʻlib oʻtadi. Shu bilan birgalikda toliblar bilan ham aloqa qilamiz, buni hammasini ochiq-oydin amalga oshiramiz. Afsuski, Gʻarbda tez-tez bu vaziyatni boshdan oyoq toʻntarib gapirishadi”, - deb eʼtirof qildi Rossiya diplomati.

Oʻzbekistonning tinchlik oʻrnatishdagi sayi-harakatlari hamda Oʻzbekiston diplomatiyasining “Tolibon” vakillari bilan aloqasi ushbu juda murakkab geosiyosiy masalada haqiqiy oʻzgarishlarga umid beradi deb qoʻshimcha qildi Mariya Zaxarova.

Oʻzbek noklari va bogʻdorchilikka qiziqish

Mariya Zaxarova Oʻzbekistonga xizmat safari yuzasidan birinchi kelishi emas, ammo hamisha rasmiy delegatsiya tarkibida kelardi. Shu boisdan uning shahar boʻylab sayr qilish va shaxsiy uchrashuvlarga vaqti qolmasdi.

“Bu shaharni tomosha qilish, bozorga borish, doʻstlar bilan oʻtirib suhbatlashishga imkoniyatim boʻlgan birinchi tashrifim boʻlsa kerak. Bu yerda doʻstlarim koʻp, ota-onamning ham doʻstlari bor”, - deb hikoya qiladi Mariya Vladimirovna.

Har bir xalqning mehmonlarni hayratga soluvchi oʻziga xos xususiyati va odatlari bor. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Mariya Zaxarovadan Oʻzbekistonda nima hayratga solib lol qoldirganini soʻradi. Diplomatlarga xos boʻlgani kabi, u mamlakatda bir qancha vaqt yashab, uning turmushini yaqindan oʻrganib, anʼanalariga qoʻshilgandan soʻnggina baho berish mumkin deya mujmal javob berdi. Lekin baʼzi bir milliy xususiyatlar haqida qisqa safarlar chogʻida ham fikr yuritish mumkin.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Mariya Zaxarova oʻzbekcha libosda suratga tushdi

“Bogʻ va tomorqa - bu bizda koʻproq otameros mulk, shunday ekan bu doimiy suhbatlar uchun mavzu boʻlolmaydi. Bu yerda esa doʻstlarim menga bogʻlarini koʻrsatishdi, ular qancha koʻp hosil olishgani, anor shirinligi, qanaqa noklar yetishtirganliklari, uzumning qaysi navlari ekishganlari haqida suhbatlashishdi. Odamning vatani tabiati va u oʻz qoʻllari bilan nimalar yetishtirgani haqida toʻlib toshib soʻzlashi bu juda hayratli”, - deb qoil qoldi Zaxarova.

Kutilmaganda Zaxarova bir necha yil ilgari u ham “bogʻdorchilikka boʻlgan ishtiyoq”ni his etganiga iqror boʻldi. Albatta, Rossiyada iqlim boshqacha, lekin oʻz qoʻllaring bilan yetishganlar narsalardan tayyorlashning gashti boshqacha, deydi Mariya.

 “Sharq xonasi”ning xazinasi

Mariya Zaxarova shunchaki xalq oldida chiqib soʻzlovchi kishi emas. U ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Kunning dolzarb mavzusiga nafaqat oʻrinli izoh, balki qiziqarli shaxsiy suratlarini ham koʻrsatib turadi. Rossiya TIV rasmiy vakili ikki marta oʻz mushtariylariga kashta tikilgan libosini koʻrsatgandi, oʻzining postlaridan birida esa Sharq muzeyini eslatuvchi qadrli xonasini namoyish qilgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, sayohatdan yoki xizmat safaridan kiyim, yoki milliy uslubdagi idish-tovoq olib kelgan ota-onasi uning sharq buyumlariga boʻlgan havasni uygʻotishgan.

 “Oʻzbekistondan ota-onam tez-tez soʻzana, milliy taqinchoqlar, koʻylaklar olib kelishardi. Qaysidir payt bu shunchalik koʻpayib kettiki, biz dachada bir xonani toʻliq Oʻrta Osiyo uslubidagi tashkil qildik. Menga hamisha bunaqangi buyumlar faqat serquyosh mamlakatda paydo boʻlishi mumkin deb tuyulardi – shu qadar ranglari yorqinki”, - deya eʼtirof qildi Zaxarova.

Mariya Vladimirovna ushbu safaridan Rossiyaga uyi uchun sharqona uslubda yangi parda tikishi uchun oʻzbek matosini olib ketmoqda.

Qovoqdagi osh va Buxoro va Samarqand haqidagi orzular

Oʻzbekistonda choyxonada bir piyola choy va shirinlik dasturxoni atrofida oʻtirib, taom haqida suhbatlashmaslikni iloji yoʻq.

Oʻzbekistonda ziyofatga otlanganda, odam oʻzini qoʻlga olishi kerak, boʻlmasa mehmondorchilikning chegarasi yoʻq”, - deb kulib aytadi Mariya Vladimirovna va mahalliy quyuq ziyofatiga darhol odatlanmaganliga iqror boʻldi.

© Sputnik / Lekarkin Igor VyaOfitsialnыy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent
“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv - Sputnik Oʻzbekiston
Ofitsialnыy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent

Diplomat oilasida sabzavotli va mevali boʻlsada osh pishirishlarini eʼtirof etdi. Biroq Zaxarova bu taomni hoynahoy haqiqiy oʻzbek ziyofatining eʼtirozi deb hisoblashini oldindan aytib qoʻydi. Tayyorlash usulini soʻzlab berdi.

“Men quruk mevalardan osh tayyorlashni yaxshi koʻraman. U tayyor boʻlganidan keyin, yumshoq, ammo shaklini tutib turuvchi yaxshi pishgan qovoq ichiga joylashtiraman. Hammasini 30-40 daqiqa 170 darajali haroratda oʻrab pishiraman. Toʻyimli va mazzali boʻladi. Koʻpchilikni toʻydirsa boʻladi. Asosiysi dasturxonning koʻrki boʻladi”, - deya kibrsiz qoʻshimcha qildi diplomat.

Ofitsialnыy predstavitel ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Mariya Zaxarova Sputnik nima sababdan tanqid ostiga olinayotganini aytib berdi

Biroq Oʻzbekistonning gastronomik shodliklari uni hayratga soluvchi yagona narsa emas. Zaxarova Samarqand va Buxoroga borib goʻzalligidan bahramand boʻlish va haqiqiy Sharq ruhini chuqur his qilish orzusi ekanligiga iqror boʻldi.

 “Samarqand va Buxoroga borish mening katta orzuim. Men faqat suratlar, hujjatli filmlarni koʻrganman, koʻp oʻqiganman, endi esa bu shaharlarni oʻz koʻzim bilan koʻrmoqchiman. Ular nafaqat Oʻzbekistonning boyligi, balki jahon madaniyatining boyligi hamdur”, - deb qoʻshimcha qildi suhbat yakunida diplomat.

Bugungi kundagi Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi barcha darajadagi doimiy aloqalar va ikki tomon munosabatlarini inobatga olib, Rossiya diplomatiga Sharq durdonalari bilan taninish imkoniyati hali koʻp nasib qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala