Jamiyat

Vladimir Jirinovskiy Oʻzbekistonga keldi

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishLider LDPR Vladimir Jirinovskiy
Lider LDPR Vladimir Jirinovskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya delegatsiyasi aʼzolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi delegatsiya 2 noyabr kuni Buxoroga keldi, deb xabar qildi Uznews.uz nashri.

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi federal majlisi deputatlaridan iborat mehmonlarni Buxoro xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev va keng jamoatchilik vakillari kutib oldi.

Kunning ikkinchi yarmida Rossiya delegatsiyasi aʼzolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.

Xususan, Ark qalʼasida boʻlib, bu yerda joylashgan Buxoro davlat badiiy meʼmorchilik muzey-qoʻriqxonasi va uning tasarrufidagi “Sitorai Mohi Xosa” xalq amaliy bezak sanʼati muzeyi, shuningdek, boshqa koʻplab tarixiy obidalar, hunarmandchilik markazlari faoliyati bilan tanishadi.​​


Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala