Dunyoda

Rossiya Ukraina fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanktsiyalarni kiritdi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston
RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanktsiyalarga javob choralari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Rossiya Ukraina sanktsiyalari kiritilishiga javoban maxsus iqtisodiy choralarni kiritdi, ular 322 nafar shaxs va 68 yuridik shaxsga nisbatan qoʻllanildi.

Avtomobil Chevrolet aveo - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Ukraina sanktsiyalariga qarshi qanday choralar koʻrishi mumkin?  

Sanktsiya roʻyxatiga Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov, SBU rahbari Vasiliy Gritsak, mudofaa vaziri Stepan Poltorak, radikallar Dmitriy Yarosh va Oleg Lyashko, sobiq bosh vazirlar – Yuliya Timoshenko va Arseniy Yatsenyuk kiritildi.

RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanktsiyalarga javob choralari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Qaror davlat hukumati saytida eʼlon qilindi.

“Sanktsiyalar 322 nafar shaxs va 68 yuridik shaxsga nisbatan qoʻllaniladi. Qaror Ukraina tomonidan Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga qarshi nodoʻstona harakatlar amalga oshirilayotganiga qarshi kurashishga hamda ikki tomonlama aloqalarni normallashtirishga qaratilgan”, - deyiladi hujjat matnida.

Taʼkidlanishicha, hujjatga muvofiq Rossiya hududida naqd boʻlmagan mablagʻlar, hujjatsiz qimmatli qogʻozlar va mulkni bloklashni nazarda tutuvchi maxsus iqtisodiy choralar joriy etiladi, shuningdek, Rossiya tashqarisiga mablagʻlarni oʻtkazish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala