Jamiyat

Toshkentda noqonuniy qassobxona yopildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishRazdelka sыrogo myasa
Razdelka sыrogo myasa - Sputnik Oʻzbekiston
Tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kg qoʻy goʻshti va 247 kg mol goʻshti topilib musodara qilindi.

TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Prokuratura idoralaridan kelib tushgan maʼlumotga koʻra, Toshkent viloyatida yashovchi shaxs Olmazor tumanidagi xususiy uyda chorva mollarini soʻyish boʻyicha noqonuniy ish olib borgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar qildi.  

Torgovlya myasom - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda sentyabr oyida goʻsht, non, guruch narxi qimmatlashdi

Xabarda aytilishicha, tekshiruv davomida ushbu uyda 187 kg qoʻy goʻshti va 247 kg mol goʻshti topilib musodara qilindi.

Ushbu fakt asosida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi 53 yoshli Gʻofur SH.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 186-moddasi (“Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadida koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala