Turizm

Turistlar Oʻzbekistonda qanday muammolarga duch kelishmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristы na ulitsax Buxarы
Turistы na ulitsax Buxarы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm sohasidagi mutaxassislar mehmonxonalarni internet orqali bron qilish ommabop tizim maʼlumotlarini tahlil qilishdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Boshqa davlat mehmonlari Oʻzbekiston mehmonxonalarining eng muhim kamchiliklaridan biri internet yomonligi yoki internet umuman yoʻqligini maʼlum qilishdi. "YA otelyer" xizmati tadqiqotlari shuni koʻrsatdi, tadqiqot natijalari bilan Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi   boʻlishgan.

Ushbu kompaniya jamoasi Booking.comdagi maʼlumotlari asosida izohlarni tahlil qildi.

Vstrecha pervыx passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent  - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Sayyohlar uchun elektron viza berish tartibi joriy etildi

Sayyohlarning toʻrtta eng ommabop yoʻnalishlari: Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand hamda mehmonxonani ijaraga oluvchilar uchun muhim boʻlgan omillar tanlab olindi.

Ular orasida – “narx va sifat oʻzaro munosabati”, “xodimlar”, “internet”, “joy”, “ozodalik”, “qulaylik” oʻrin olgan. Umuman olganda har bir shahar yuqori ballarni olgan, ammo hammada “internet” mezoni boʻyicha past koʻrsatkichlarni koʻrsatdi.

Bepul Wi-Fi zonasini kengaytirish maqsadida, jamoat va sayyohlik joylarida sayyohlar uchun bepul internetni tashkil qilgan subʼyektlarga imtiyozlar taqdim etilganini turizm qoʻmitasida eslatib oʻtishdi. Oʻzbekiston prezidenti 2018 yil 3 fevral kuni bu masala boʻyicha tegishli farmonni imzolagandi.

Yozda Toshkentning Sayilgoh koʻchasida, uni Brodvey deb ham atashadi, birinchi bepul shahar Wi-Fi zonasi oʻrnatilgandi.

Bu loyiha Innovo.Tech kompaniyasi shahar hokimiyati turizmni rivojlantirish qoʻmitasi va shahar maʼmuriyati qoshidagi jamoat kengashi koʻmagida boshlab berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala