Siyosat

Oʻzbekiston Britaniya bilan munosabatlarni rivojlantiradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilmoqda

TOSHKENT, 2 okt - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa boʻyicha departamenti direktori oʻrinbosari Rupert Eynli bilan uchrashuv oʻtkazildi.

"Suhbat davomida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, qoʻshma tadbirlar, jumladan turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazish istiqbollari muhokama qilindi", - deb xabar qiladi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya kengashining navbatdagi majlisini Toshkent shahrida oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Ushbu kengash savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni faollashtirish va aniq natijalar keltirishni maqsad qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala