IIV BMT Aksilterror boshqarmasi bilan kiberterrorizm masalasini muhokama qildi

Suhbat jarayonida terroristik tashkilotlar aʼzolari tomonidan yoshlarni oʻz saflariga yollashga urinish holatlariga qarshi kurash, kiberterrorizm, noqonuniy migratsiya va aholi oʻrtasida profilaktik ishlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama etilgan

TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. Oʻbekiston Ichki ishlar vazirligiga BMT Bosh kotibining oʻrinbosari – BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Postradavshiye v rezultate terakta v nochnom klube v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
2018 yil davomida har kuni beshtadan koʻp teraktlar sodir etilgan - Rashid Alimov

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi IIV, DXX va TIV masʼul xodimlari ham ishtirok etgan.

BMT Aksilterror boshqarmasi rahbari Voronkov bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan koʻlamli islohotlar nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyoda ham ulkan ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtgan.

"Mehmonlar oʻn yillar davomida qurolli toʻqnashuvlar davom etib kelayotgan qoʻshni Afgʻonistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasida Oʻzbekiston Respublikasining tashabbusiga alohida urgʻu berdilar", - deyiladi xabarda.

Suhbat jarayonida terroristik tashkilotlar aʼzolari tomonidan yoshlarni oʻz saflariga yollashga urinish holatlariga qarshi kurash, kiberterrorizm, noqonuniy migratsiya va aholi oʻrtasida profilaktik ishlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama etilgan. Shuningdek, hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari va istiqboldagi vazifalar belgilab olingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala