Internetda Andijondagi aeroport yopilishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 uzbekskix avialiniy
Boeing 757 uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva va Sankt-Peterburgdagi MAK vakolatxonalarida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Andijonga parvozlar bekor qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlashdi

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik Maksud Askarov o‘zining Facebookdagi sahifasida Andijonda aeroport yopilishi haqida xabar qoldirgan.

Obshiy vid goroda Mumbai - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" Mumbayga parvoz qiladi

Uning aytishicha, 1-noyabr sanasidan boshlab Andijonga barcha parvozlar bekor qilingan.

Askarovning bildirgan havotirlariga ko‘ra, endi kichik shahardagi havo yo‘llari xodimlari ishsiz qolishlari mumkin.

Aeroport vakillaridan rasmiy izoh olishning imkoni bo‘lgani yo‘q.

Milliy aviakompaniya rasmiy saytida ham "Andijon" yo‘nalishida reyslar jadvali olib tashlangan.

Sankt-Peterburgdagi "O‘zbekiston avialiniyalari" vakolatxonasida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Pulkovodan Andijonga reyslar bekor qilingani va endilikda parvozlar Namanganga ko‘chirilganini ma’lum qilishdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" yagona ma’lumot xizmatida RFdan Andijonga parvozlar 28-oktabr sanasiga qadar bajarilganini xabar qilishdi. Hozir Moskvadan Farg‘ona vodiysiga Namangan yoki Farg‘ona orqali borish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Andijondagi aeroportda "ochiq osmon" tartibi joriy etilishi rejalashtirilayotgani va bu xorijiy aviakompaniyalarga Andijon aeroportiga xalqaro parvozlarni reyslar soni jihatdan cheklovlarsiz amalga oshirish imkonini berishi ko‘zda tutilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0