Hodisalar

DXX Buxoroda ekstremistik guruhni qoʻlga oldi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Ekstremistik guruh aʼzolari atrofdagilarga buzgʻunchi gʻoyalarni tarqatgan va Oʻzbekistonda konstitutsiyaviy tuzumini agʻdarishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 4 noya – Sputnik. Davlat Xavfsizlik xizmati Buxoro viloyatida yashirin diniy-ekstremistik guruhi fosh qildi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston 24” telekanali.

Kogon shahrida yashovchi yoshi 28 dan 31 gacha boʻlgan olti nafar fuqaro Suriyalik diniy yetakchilar taʼsiri ostiga tushib qolib, “jihodchilik” oqimiga mansub diniy ekstremistik guruh tashkil qilishgan.

Xudoberdi Xoliknazar direktor tsentra strategicheskix issledovaniy pri prezidente Respubliki Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Eng dolzarb masala mintaqada diniy ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashish - Xoliqnazar

Ular uyali telefon orqali ekstremistik mazmundagi axobotlarni oʻrganishgan va atrofdagilarga tarqatishgan, kelajakda qator xalqaro terrorchilik tashkilotlariga aʼzo boʻlish va Afgʻonistonga “hijrat” qilish uchun gʻoyaviy tayyorgarlik olib borishgan. DXX ularning uyali telefonlarida ekstremistik mazvudagi hamda Oʻzbekiston konstitutsiyaviy tuzumini agʻdarishga doir materiallar borligini aniqlagan.

Ushbu ish yuzasidan Oʻzbekiston JKning 159 (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244-2-moddalari (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bandlariga muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala