Jamiyat

Germaniyalik olimlar qarishni sekinlashtiradigan mahsulotlarni aniqlashdi

Chay s limonom
Chay s limonom - Sputnik Oʻzbekiston
Inson organizmini qarishdan saqlovchi va tez qarishiga olib keluvchi mahsulotlar bilan tanishing.

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Germaniyaning Erlangan universiteti olimlari aniqlashiga koʻra, shokolad, choy va kofe tarkibiga kiruvchi gidroxinonlar inson organizmida yuz beradigan oksidlanish jarayonlarini sekinlashtirar ekan, RIA Novosti Phys.org xabariga asosan.

Kapsulы s rыbim jirom - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yurak uchun eng foydali vitamin maʼlum qilindi

Nemis olimlari aniqlashiga koʻra, ushbu jarayon quyidagicha sodir boʻlar ekan: inson hujayralari nafas olish jarayonida oʻz tarkibida boʻlgan biomolekulalar - oqsil yoki lipidlarning oksidlanishiga olib kelar va buning oqibatida parchalash qiyin boʻlgan superoksid molekulalari paydo boʻlar ekan. 

Choy, kofe va shokolad tarkibida boʻlgan gidroxinonlar esa, ushbu superoksid molekulasini parchalab, organizmdan chiqarib yuborishga xizmat qilar ekan. Ikkinchidan esa ushbu mahsulotlari tarkibida boʻlgan gidroxinon va rux molekulalari bilashib organizmni oksidlardan himoyalovchi - superoksiddismutaz fermenti hosil boʻlar ekan.

Shuningdek, inson organizmini tez qarishiga olib keladigan mahsulotlar esa koʻpchillikka yaxshi maʼlum:

1. Shakar – V va C guruhi vitaminlarining oʻzlashtirishga  xalal beradi, immunitete tushishiga,  semizlikka, ateroskleroz va yurak - qon tomir xastaliklari  olib keladi. Afsuski, bugungi kunda shakar 90 % mahsulotlar tarkibida bor: nondan tortib ketchupgacha.

2. Transyogʻlar – tarkibidan margarin boʻlgan barcha mahsulotlar, yogʻda qovurilgan ovqatlar - tarkibida juda koʻp oksidlanish oqibatida paydo boʻlgan moddalar boʻlib, ularni hazm qilish, va organizmdan chiqarib yuborish juda mushkul.   

3. Un-non mahsulotlari – tarkibidan boʻlgan uglevodlar organizmda juda tez shakarga aylanishi mumkin. Agar inson kam harakatlanuvchi hayot tarzi kechirsa, ushbu shakar ateroskleroz va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin.

4. Tez yetishtirilgan goʻsht - inkubator yoki fermalarda tarkibida oʻsish gormonlari va antibiotiklar koʻp boʻlgan parranda, baliq va boshqa hayvonlar goʻshtini isteʼmol qilish.

5. Alkogol – inson organizmining umumiy holatini yomonlashtiradi, baʼzan alohida organlarning kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala