Rossiya neft zahiralari necha yilga yetadi?

© Sputnik / Ramil SitdikovLadon zapachkannaya neftyu
Ladon zapachkannaya neftyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arb ekspertlari fikriga ko‘ra, Rossiyada neft zahiralari 20-25 yildan keyin tugashi mumkin ekan. Mahalliy  olimlar fikriga ko‘ra – 50-60 yil, kim haq?

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. G‘arb ekspertlari fikriga ko‘ra, Rossiyada neft zahiralari 20-25 yildan keyin tugashi mumkin ekan. Mahalliy  olimlar fikriga ko‘ra – 50-60 yil. RIA Novosti  muxbiri Maksim Rubchenko ushbu masalaga oyidinlik kiritdi

Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zneftegaz” Rossiya bilan hamkorlikda neft konlari samaradorligini oshiradi

Ma’lumki, AQShning Eron neft eksportiga qarshi kiritgan sanksiyalari 5-noyabrdan kuchga kiradi. Bu albatta dunyo bozoriga yetkazib berilayotgan neft hajmini qisqartirib uning narxi oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu masala yaqin orada yetakchi neft yetkazib beruvchi davlat kim bo‘lishi mumkinligi haqida tortishuvlarga  sabab bo‘lmoqda.

Tortishuv jarayonida Saudiya voris shahzodasi  Muxammad bin Salman Rossiyada yaqin orada neft zahiralari keskin kamayib ketadi va yaqin 20-yil ichida Rossiya neft bozorini butunlay tark etadi degan taxminlar bilan chiqdi.

“Rossiyada 19-yildan keyin neft qazib olish hajmi keskin tushib ketadi. Balkim bugun sutkasiga qazib olinayotgan 10 million barrelning barchasi tugashi mumkin”, - dedi Muhammad Bloomberg agentligiga.

Ploshadka slivnix jeleznodorojnix estakad - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston uchun neft yetkazib berishni boshladi

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak esa – Rossiya dunyo neft sanoati yetakchisi va bu uzoq vaqt davom etadi, dedi.

“Bizning strategiya neft qazib olish hajmini uzoq vaqt davomida bugungi darajada saqlab qolish va yana ozroq oshirish imkonini beradi”, - dedi energetika vaziri.

“Rosneft” rahbari Igor Sechin ham Saudiya shahzodasining “prognozlarini” rad etdi.

“Bizning baholashimizga ko‘ra, yaqin kelajakda neft bozorida Saudiya Arabistoni, Rossiya va AQSh yetakchilik qiladi. Ushbu uchchala mamlakatda neft sanoatini tashkillashtirish, manbaalar miqdori va o‘sish drayverlari – mutlaq turlicha tashkil qilingan”, - dedi Sechin. 

Lukoyl rahbari Vagit Alekperovning fikriga ko‘ra, Rossiyada neft qazib olish hajmi hozir cho‘qqisiga chiqqan va bir-ikki yilda tushishni boshlaydi. Shu o‘rinda, aytish joizki Lukoyl kompaniyasi oldin ham bir necha bor pessimistik prognozlar qilgani, lekin ular amalga oshmaganini aytib o‘tish joiz.

Rabochiy vrashayet ventil - Sputnik O‘zbekiston
Tabiiy gaz ko‘p, neft kam: VR O‘zbekistonda uglevodorodlar qazib olish haqida

Maslan, 2008-yildan okmpaniya vitse-prezidenti Leonid Fedun - Rossiya neft qazib olish darajasi cho‘qqisiga chiqdi, endi faqat tushish kuzatiladi, degan edi. Shundan  so‘ng esa Rossiyada neft qazib olish hajmi 10 % ga oshdi. 2012, 2017-yillarda ham Vagit Alekperov qazib olinayotgan neft hajmi tushishini prognoz qilgan edi – bular ham amalga oshmadi. 

Rossiya Yonilg‘i-energetika majmuasining markaziy dispetcherlik boshqarmasi xabariga ko‘ra, Rossiya neft bozorida kuchli “o‘yinchi” bo‘lib qolmoqda. 2018-yilning oktabr oyida Rossiyada neft qazib olish hajmi 4,4 %ga oshgan.

Tabiatni saqlash vazirligining hisobotiga qaraganda, Rossiyada 2017-yilda aniqlangan konlardagi neft zahiralari – 146,6  million tonnaga teng.

Neftanaya platforma - Sputnik O‘zbekiston
Mingbuloq neft koni ishga tushirilib, 130 dan ziyod ish o‘rni yaratildi

Xalqaro muhandis-neftchilar jamiyati hisobotlariga ko‘ra, Rossiyada suyuq uglerodlarning isbotlangan zahiralari 80 milliard barrel yoki 11 milliard tonna. Bu dunyo zahiralarining 5 % iga teng. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha Rossiya dunyoda sakkizinchi o‘rinda.

Ayni damda Rossiyada mavjud bo‘lgan 7ta eng yirik neft konlarining faqat 3tasida neft zahiralari kamaygan deyish mumkin. Xususan, Shimolyi-Kavkaz-Mangishlak neft konida (13,%), Oxot konida (20,08 %) va Volga-Ural konida (30,04%) neft zahiralari qolgan.

Shuningdek, G‘arbiy Sibir resurslarning faqat 44% razvedka qilingani, Sharqiy Sibir hududida – 23 %, dengiz tubi ostidan qazib olinadigan neft zahiralari - 5%  razvedka qilinganini hisobga olganda – kelajakda yangi neft konlari paydo bo‘lishi mumkinligini kafotlaydi.

Podgotovka gazoprovoda k zimnemu sezonu - Sputnik O‘zbekiston
“Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuri Jizzaxgacha yetib keladi

Faqatgina o‘tgan yil davomida rossiyalik geologlar 43ta yangi neft konlari ochishdi. Ulardan eng yirigi – 81 million tonna neft zahirasiga ega bo‘lgan Markaziy Olgino koni. Ekspertlar fikriga ko‘ra, Arktika dengizi shelfidagi neft zahiralari 83 milliard barrelga teng.

Shunday qilib, xorijiy ekspertlar Rossiya nefti haqida 20-25 qillik skeptik prognozlar qilayotgan vaqtda Rossiya geologiya-razvedka davlat universiteti rektori Vadim Kosyanov – rossiyaning ayni damda hech qanday to‘siqlarsiz qazib olish mumkin bo‘lgan neft zahiralari kamida 33-yilga yetadi, dedi.

Rossiya energetika, tabiatni muhofaza qilish vazirliklari fikriga ko‘ra, yangi neft konlari ochilishi istiqbollari bilan Rossiya neft zahiralari 55-60  yilga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0