Qashqadaryoda YPX xodimlari yo‘lovchilar hujumidan keyin kasalxonaga tushdi

© NewsTeam / Mediabankka o‘tishSotrudniki pravooxranitelnix organov i "Skoroy pomoshi" na meste proisshestviya
Sotrudniki pravooxranitelnix organov i Skoroy pomoshi na meste proisshestviya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inspektorning qonuniy hatti-harakatlariga javoban yo‘lovchilar qattiq qarshilik ko‘rsatishgan. Xususan, haydovchining o‘g‘li qo‘liga pichoq olib Koson tumani 11-sonli ichki ishlar boshqarmasiga tegishli "Damas" rusumli avtomashina oynasini sindirib, ballonlariga shikast yetkazgan

TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Qashqadaryoda yo‘l-patrul xizmati xodimlariga hujum uyushtirildi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik O‘zbekiston
Namanganlik bosar-tusarini bilmay qolgan Leksus mingan ayollar...  

Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l patrul xizmati inspektorlari Koson tumanida xizmat vazifasini bajarayotib, yo‘lda harakatlanayotgan "Kobalt" rusumli avtomobilni to‘xtatib, haydovchidan hujjat so‘rashadi.

O‘zini Husniddin To‘raqulovman, deb tanishtirgan shaxs hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytadi. 

Inspektorlar ushbu holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishadi. Avtomashina shundan so‘ng vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib borilishi kerak edi. 

Ammo To‘raqulov va uning yo‘lovchilari: turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li va qizi inspektorlarga qarshilik ko‘rsatishgan. Xususan, haydovchining o‘g‘li qo‘liga pichoq olib Koson tumani 11-sonli ichki ishlar boshqarmasiga tegishli "Damas" rusumli avtomashina oynasini sindirib, ballonlariga shikast yetkazgan.

Nachalnik GUVD Tashkenta Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent "bosh militsioneri": O‘zbekiston ichki ishlar xodimlari fuqarolar hayotini qadrlaydi

Shundan so‘ng yo‘lovchilar o‘z avtomashinasiga o‘tirib, voqea joyidan qochib ketishgan. 

"Yo‘lovchi yigitning quyushqondan chiqib ketib, amalga oshirgan qo‘pol harakatlari natijasida kichik serjant J.Yuldashev va safdor I.Qorayevga jarohat yetkazilgan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan", - deyiladi xabarda. 

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, tezkor choralar natijasida hujum qilgan shaxs va avtomashinada bo‘lganlarning barchasi ushlanib, tuman prokuraturasiga topshirildi. 

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0