Dunyoda

Qirgʻizistonlik amaldor Aytmatov mukofotini oʻzlashtirib yuborganlikda gumonlanmoqda

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qirgʻiziston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi ilgariroq mamlakatning sobiq Bosh vazir oʻrinbosari, Jogorku Kenesh (parlament) deputati Askarbek Shodiyevga nisbatan ayblovlarni ilgari surgan edi

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Chingiz Aytmatov nomidagi MDH parlamentlararo mukofotini sarflab yuborishda gumonlanayotgan Qirgʻiziston sobiq bosh vaziri oʻrinbosari Asqarbek Shodiyevga nisbatan sud jarayoni dushanba kuni Qirgʻizistonda boshlandi, deb xabar qildi RIA Novostiga Bishkek Pervomaysk sudi vakili xabar qildi.

Press-konferentsiya prezidenta Kirgizii Kurmanbeka Bakiyeva v rodovom dome v poselke Teyit - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi Boqiyevlar oilasining korruptsion sxemasiga qiziqib qoldi

Qirgʻiziston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi ilgariroq mamlakatning sobiq Bosh vazir oʻrinbosari, Jogorku Kenesh (parlament) deputati Askarbek Shodiyevga nisbatan ayblovlarni ilgari surgan edi.

Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilning iyunida, Qirgʻiziston parlamenti xalqaro qoʻmitasiga rahbarlik qilgan Shodiyev, MDH parlamentlararo assambleyasi doirasida Chingiz Aytmatov nomidagi adabiy mukofot bilan taqdirlash uchun 30 ming dollar ajratilishi zarurligi haqida taʼkidlagan. Pullar byudjetdan ajratilgan, ammo MDH Parlamentlararo assambleyasi tashkiloti kotibiyatiga kelib tushmagan.

Sud jarayoni davomida sudlanuvchining advokati Uchqun Karimov himoyasi ostidagi shaxs jinoiy ish materiallari bilan tanish emasligi, ayblov xulosasi nusxasini olmaganligi, va bu holat uning nazdid sud jarayonidagi qoʻpol xatolik boʻlishi mumkinligini aytgan va sud jarayonining toʻxtatilishi borasida iltimosnoma kiritgan.

Ammo sudya Emil Kaipov ish tergovdan qochib yurgan sudlanuvchi sirtdan koʻrilishi mumkinligini qayd etgan holda, advokat iltimosnomasini rad etgan.

Shodiyev ustidan mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan joriy yil iyun oyida qidiruv eʼlon qilingan. Tergov versiyasiga koʻra, respublikaning eng boy kishilaridan biri boʻlgan Shodiyev Tojikiston chegarasidagi daryodan kesib oʻtib, shundan soʻng diplomatik pasport boʻyicha Dushanbedan Moskvaga va soʻngra Nyu-Yorkka oʻtib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0