Sport

AIBA xavaskor bokschilar uyushmasi prezidenti etib oʻzbekistonlik Rahimov saylandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishGafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa
Gafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Tokioda boʻlib oʻtadigan ijroiya qoʻmitasi kengashida uyushma rahbari saylovi natijalarini muhokama qilmoqchi

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. 3-noyabr kuni AIBA Xalqaro xavaskor bokschilar uyushmasi prezidenti etib Oʻzbekiston vakili - Gʻofur Rahimov saylandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rabota s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonlik biznesmen Gʻofur Rahimov qidiruvidagi shaxslar roʻyxatidan oʻchirildi

AIBA hisobot-saylov kongressi 2-3 noyabr kuni Moskvada boʻlib oʻtdi.

"Aminmanki, boksning kelajagi yorugʻ. Menga bizning buyuk sportimiz ravnaqiga hissa qoʻshishga imkon berganlari uchun faxr tuygʻusini his qilmoqdaman. Biz boksni rivojlantirish boʻyicha rejani ishlab chiqdik. Aminmanki, biz oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarga yetamiz. Boksning kelajagi buyuk va ishonchim komilki, bizning bu sportimiz uchun buyuk kelajakni yarata olamiz", - deb aytgan Rahimov kongress vaqtida.

Rahimov 2018 yilning yanvar oyidan tashkilot prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimini egallab kelayotgan edi.

AIBA rahbarligiga saylovlarda tashkilot vitse-prezidenti Serik Konakbayev Rahimovga qarshi boʻlgan. Shu bilan birga, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) ham Rahimov AQSH Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti tomonidan sanktsiya roʻyxatiga kiritilgani uchun unga qarshi chiqmoqda.

Sbornaya Uzbekistana po boksu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Sankt-Peterburgdagi boks musobaqasiga Oʻzbekiston eng kuchli tarkib bilan yoʻl oldi

XOQ AIBA atrofida yuz berayotgan holatlardan qattiq tashvishda. Tashkilot rahbari lavozimiga Rahimovning saylanishi, boksning olimpiya maqomini saqlab qolishi masalasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin edi.

"Ilgariroq, XOQ AIBAning baʼzi muammolari toʻgʻrisidag masalalarni koʻtargan, shu jumladan boksning olimpiya dasturida boʻlishi masalasini ham. Biz tanqidni eshitdik va bu masalalarda katta yutuqlarga erishdik. Nizomga kiritilgan yangi tuzatishlar orqali, biz XOQ tomonidan koʻtarilgan masalalarga yechim topamiz. Bu tuzatishlar, shunday tizimni oʻrnatadi-ki, unga koʻra yangi saylangan prezident, agar shunga zarurat tugʻilsa, maʼlum muddatga oʻz egallab turgan lavozimini tark etishi mumkin", - deb aytgan Rahimov saylovlarga qadar.

Saylovlar boshlanishi oldidan Rahimov bevosita delegatlarni boks Tokioda oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlari-2020 dasturidan oʻchirilmasligini, barcha zarur masalalar bunday holat roʻy bermasligi uchun oʻz yechimini topishini aytib ishontirgan. Natijada AIBAning yangi rahbari etib toʻrt yil muddatga Rahimov saylangan - u uchun 134 delegatdan 86 nafari ovoz bergan. Yana uchta byulleten haqiqiy emas deb topilgan.

AIBA rahbarligiga boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng Xalqaro olimpiya qoʻmitasi Moskvadagi kongressda qabul qilingan qarorlarni eʼtiborga olgan holda, bu masalalarni noyabr oyi oxirida - dekabr boshlarida Tokioda oʻtkaziladigan ijroiya qoʻmitasi majlisida koʻrib chiqishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan.

"Biz AIBA kongressining Moskvada qabul qilgan qarorini eʼtiborga olamiz. XOQ oldinroq shuni aniq maʼlum qilgandiki, moliyalashtirish, antidoping dasturi, sudyalik va AIBA boshqaruvi bilan bogʻliq masalalar, shu jumladan prezident saylovlari ham, va bu masalar bilan chegaralanmagan holda, qoʻmitani juda kattiq tashvishlantirmoqda. Biz bu masalalarning barchasini Tokioda 30 noyabr - 2 dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan ijroiya qoʻmitasi majlisida koʻrib chiqamiz", - deya iqtibos keltirgan Insidethegames XOQ vakili Mark Adams soʻzlaridan.

U shuningdek, XOQning kelgusi hatti-harakatlari nafaqat AIBA tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va bayonotlarga, balki bu qarorlarning bajarilishiga ham asoslanishini qayd etib oʻtgan.

Yangiliklar lentasi
0