Siyosat

Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi TIV delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishVstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova
Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulaziz Kamilov Germaniyada Shavkat Mirziyoyevning boʻlajak tashrifiga doir masalalarni muhokama qiladi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. 2018 yilning 7-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

"Germaniya Tashqi ishlar federal vaziri Xayko Maas  va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar chogʻida boʻlajak  oliy darajadagi Oʻzbekiston-Germaniya uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, xabarda aytilishiga koʻa, tashrif doirasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ilgariroq Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Gyunter Overfeld mahalliy OAVlariga Mirziyoyev 2019 yilning yanvar oyida Germaniyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi. Diplomat aytishiga qaraganda, boʻlajak tashrif chogʻida Shavkat Mirziyoyev federal kantsler Angela Merkel va GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala