IShID qotilliklari: Iroqda ikki yuzdan ortiq ommaviy qabrlar topildi

© AP Photo / albaraka_news, FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroq hukumati ma’lumotlariga asoslangan holda 202 ta ommaviy qabrlar hujjatlashtirildi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Iroqning IShID nazorat qilgan hududlarda ikki yuzdan ortiq ommaviy qabrlar aniqlandi. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqaruvi hisobotida aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Hujjatni BMTning Iroqqa ko‘mak berish Missiyasi va inson huquqlari bo‘yicha BMT ofisi tayyorladi.

BMT mutaxassislari fikriga ko‘ra, Iroq hukumati ma’lumotlariga asoslangan holda 202 ta ommaviy qabrlar hujjatlashtirildi.

“Ko‘pchiligi Naynava (95), Kirkuk (37), Salax-ad-Din (36) va Anbar (24). BMTning Iroqqa ko‘mak berish Missiyasi va inson huquqlari bo‘yicha BMT ofisi hisobiga ko‘ra, ushbu joylarda 6000 dan 12000 dan ortiq qurbonlar dafn etilgan”, - deyilgan hisobotda.

Boysi otrada narodnogo opolcheniya Sokoli pustini demonstriruyut flag zapreshennoy v RF IGIL. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya IShID guruhlari tarqalish xavfi haqida ogohlantirdi

Ekspertlar shu hududlarda yanada ko‘proq qabrlar bo‘lishi mumkinligi deb hisoblashmoqda.

Ko‘mib yuborilganlar orasida – ayollar, bolalar, imkoniyati cheklangan insonlar, iroqlik harbiylar, politsiya xodimlari va ba’zi xorijiy vakillar borligi qayd etilgan.

Hisobot chop etilayotgan vaqtda mutaxassislar tomonidan 23 ta joy ochilib, u yerdan 1258 nafar kishining jasadi chiqarildi. Barcha qoldiqlar sodir etilgan jinoyatlarning xarakterini aniqlash, shu jumladan ularni harbiy, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid deb hisoblash mumkin.

“Bu qabrlarda IShID huquqi va g‘oyalarga ergashmagan, etnik va diniy ozchillikni tashkil qiluvchi insonlar vaxshiylarcha o‘ldirilgan. Ularning yaqinlari aslida nima bo‘lganini bilishi haqi bor”, - dedi inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet.

Ekspertlar jasadlarni eksgumatsiya, tashish, saqlash, aniqlash va yaqinlariga qaytarish bo‘yicha xalqaro hamjamiyatni kerakli moddiy va texnik yordam berishga chorlashdi.

Yangiliklar lentasi
0