Rossiya Xitoyga qurol yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnomalarni imzoladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishIstrebitel Su-35S
Istrebitel Su-35S - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Xitoy bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha yana uchta shartnoma imzolandi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Moskva va Pekin Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollarni yetkazib berish bo‘yicha navbatdagi kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novostiga Chjuxayedagi ko‘rgazmada “Rostex” delegatsiyasi rahbari Viktor Kladov intervyuda ma’lum qildi.

“Biz Xitoy bilan harbiy-texnika hamkorligining barcha sohalarida faol hamkorlik olib bormoqdamiz. S-400 va Su-35 bo‘yicha ikkita shartnomalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan birga, bizda juda ko‘p boshqa loyihalar mavjud. Biz yaqinda Xitoy tomoni bilan yana uchta shartnoma imzoladik”, - deb aniqlik kiritdi u.

Chjuxae 6-11 noyabr kunlari Airshow China-2018 aviakosmik ko‘rgazma o‘tmoqda.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert AQSh va Xitoy savdo urushining tahdidlari haqida o‘z fikrini aytdi

Xitoyga 24 ta Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2015-yilda imzolanib, 2019-yilda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, shu yilning o‘zida S-400 yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu qurol majmuasi 2020-yilgacha yetkazib berish yakunlanishi kerak.

Bundan tashqari, Moskva Myanmega 6 ta Su-30SM qiruvchi samolyot yetkazadi. Shartnomalar joriy yilga amalga oshiriladi.

Shuningdek, Moskva Neypidoga 6 ta Yak-130 o‘quv-harbiy samolyotlari yetkazib beriladi.

“Rosoboroneksport” xorijga qurol sotish bo‘yicha rejani 13,4 milliard dollar miqdorida amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0