Sport

Avstraliyadagi yigʻinga jalb qilingan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi

© Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana pered tovariщeskim matchem s Katarom
Sbornaya Uzbekistana pered tovariщeskim matchem s Katarom - Sputnik Oʻzbekiston
Ektor Kuper Avstraliyadagi yigʻinga jalb qilingan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper Avstraliyadagi yigʻinga jalb qilingan futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi  xabar qildi. 

“Shu yilning 11-21 noyabr kunlari Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida navbatdagi yigʻinni oʻtkazadi. Terma jamoamiz yigʻin doirasida ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 15 noyabr kuni Livan terma jamoasiga qarshi bahs olib borsak, 20 noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashamiz”, - deyilgan xabarda.

Quyida Avstraliyaga yigʻinga jalb qilingan futbolchilar roʻyxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldorbek Suyunov  (“Paxtakor”), Oʻtkir Yusupov ("Qoʻqon-1912").

Vstrecha V.Putina s chlenami Popechitelskogo soveta Gosudarstvennogo akademicheskogo Mariinskogo teatra - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubiga $ 20 million sarmoya kiritdi

Himoyachilar: Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov ("Navbahor"), Vladimir Kozak(“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Paxtakor”), Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov ("Paxtakor"), Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”), Doston Tursunov ("Neftchi"), Odil Hamrobekov ("Nasaf"), Oleg Zoteyev ("Lokomotiv").

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv"), Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya), Aziz Turgʻunboyev ("Navbahor"), Husniddin Gʻofurov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov(“Rostov”, Rossiya), Otabek Shukurov  (“Sharja”, BAA), Javohir Sidiqov ("Qoʻqon-1912") , Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

 Hujumchi: Bikmayev Marat (“Lokomotiv”)

Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5 yanvardan 1 fevraligacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekisiton terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan maydonga tushadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala