Hodisalar

Toshkentda farzandini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishRoditeli s rebenkom
Roditeli s rebenkom - Sputnik Oʻzbekiston
Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi ayol oʻgʻlini 1 000 dollarga sotib yuborayotgan vaqtida qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkentda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻz oʻgʻlini sotib yubormoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olinganini xabar qilishdi. 

Plachuщiy rebenok - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonlik ayol oʻz farzandini tarbiyalayman deb, urib oʻldirdi

“Joriy yilning 5 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB Terrorizm va ekstremizimga qarshi kurashish boshqarmasi va Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi 20 yoshli N.YO. (ismli ayol) Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan “Iltifot” qaxvaxonasida 2017 yil 4 noyabr kuni tugʻilgan oʻgʻlini 1 000 AQSH dollariga sotib yuborayotgan vaqtida qoʻlga olindi”, - deyilgan xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala