Jamiyat

Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi loyihasi ishlab chiqildi

© X. Paydoyev / Narodnoye slovoStudentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studentы vo vremya vstupitelnыx ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan ishchi guruh lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini taqdim etdi.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda lotin alifbosiga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi loyihasi ishlab chiqildi.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xalq taʼlimi vaziri: Oʻzbekiston lotin alifbosidan voz kechmoqchi emas

OʻzA bergan maʼlumotga qaraganda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi yangi versiyasini taqdim etdi.

Ekspertlar amaldagi alifbo davlat tilining tovushlarini toʻliq aks ettirmaydi degan fikrga kelishdi.

Ekspertlar toʻrtta harf (O‘, G‘, Ch, Sh) ni isloh qilish shart deb hisoblashdi va ushbu toʻrt harf oʻrniga  (Çç Şş Ŏŏ Ğğ) ni milliy alifboga kiritish fikrini bir ovozda maʼqullashdi.

ng tovushiga toʻxtaladik boʻlsak, ushbu tovushga arab alifbosida ham, kirill-oʻzbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. Bu harf birikmasi alifboda faqat kichik harflar bilan ifodalasa, mantiqan toʻgʻri boʻladi degan fikrlar bildirilgan.

Shunday qilib, 28 ta harf, bitta harf birikmasi va bitta belgidan iborat, jami 30 birlikdan tashkil topgan alifbo loyiha jamoatchilik diqqatiga havola qilingan.

Ishchi guruh xulosasining toʻliq mazmuni bilan shu manzilda tanishib chiqishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala