O‘zbekistonda lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi loyihasi ishlab chiqildi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan ishchi guruh lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini taqdim etdi.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda lotin alifbosiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi loyihasi ishlab chiqildi.

Ulugbek Inoyatov - Ministr Narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vaziri: O‘zbekiston lotin alifbosidan voz kechmoqchi emas

O‘zA bergan ma’lumotga qaraganda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruh lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi yangi versiyasini taqdim etdi.

Ekspertlar amaldagi alifbo davlat tilining tovushlarini to‘liq aks ettirmaydi degan fikrga kelishdi.

Ekspertlar to‘rtta harf (O‘, G‘, Ch, Sh) ni isloh qilish shart deb hisoblashdi va ushbu to‘rt harf o‘rniga  (Çç Şş Ŏŏ Ğğ) ni milliy alifboga kiritish fikrini bir ovozda ma’qullashdi.

ng tovushiga to‘xtaladik bo‘lsak, ushbu tovushga arab alifbosida ham, kirill-o‘zbek alifbosida ham, amaldagi lotin alifbosida ham yaxlit harf ajratilmagan. Bu harf birikmasi alifboda faqat kichik harflar bilan ifodalasa, mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi degan fikrlar bildirilgan.

Shunday qilib, 28 ta harf, bitta harf birikmasi va bitta belgidan iborat, jami 30 birlikdan tashkil topgan alifbo loyiha jamoatchilik diqqatiga havola qilingan.

Ishchi guruh xulosasining to‘liq mazmuni bilan shu manzilda tanishib chiqishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0