Jamiyat

Toshkent – Termiz yoʻnalishida poyezdlar  haftasiga 3 marta qatnaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPoyezd pered otpravleniyem
Poyezd pered otpravleniyem - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan buyon “Toshken – Termiz” yoʻnalishida poyezdlar juma, shanba va yakshanba kunlari qatnaydi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. “Toshkent – Termiz – Toshkent” yoʻnalishida qatnayotgan 4 va 3  sonli yoʻlovchi poyezdlari 16 noyabrdan boshlab haftasiga 3 marotabadan qatnay boshlaydi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Temir yoʻllari matbuot xizmati.

"Poyezdlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan  soat 8:53da yoʻlga chiqib 20:19da Termiz vokzaliga kirib boradi. Shanba, yakshanba va dushanba kunlari soat 06:40 da Termizdan yoʻlga chiqib, soat 18:26 da Toshkentga yetib keladi", - deyilgan xabarda. 

Qoʻshimcha maʼlumotlarni joylardagi temiryoʻl kassalaridan va maʼlumotxonalaridan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala