Toshkent – Termiz yo‘nalishida poyezdlar  haftasiga 3-marta qatnaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPoyezd pered otpravleniyem
Poyezd pered otpravleniyem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon “Toshken – Termiz” yo‘nalishida poyezdlar juma, shanba va yakshanba kunlari qatnaydi.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida qatnayotgan 4 va 3  sonli yo‘lovchi poyezdlari 16-noyabrdan boshlab haftasiga 3 marotabadan qatnay boshlaydi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Temir yo‘llari matbuot xizmati.

"Poyezdlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan  soat 8:53da yo‘lga chiqib 20:19da Termiz vokzaliga kirib boradi. Shanba, yakshanba va dushanba kunlari soat 06:40 da Termizdan yo‘lga chiqib, soat 18:26 da Toshkentga yetib keladi", - deyilgan xabarda. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi temiryo‘l kassalaridan va ma’lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0