Ayollarning davlat boshqaruvida faol ishtirokini ko‘rish quvonarli holdir - BMT maxsus vakili

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNatalya German, spetsialniy predstavitel Genseka OON i rukovoditel Regionalnogo sentra OON po preventivnoy diplomatii dlya SA
Natalya German, spetsialniy predstavitel Genseka OON i rukovoditel Regionalnogo sentra OON po preventivnoy diplomatii dlya SA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ayollarning davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etayotganini ko‘rish - quvonarli holdir, dedi BMT maxsus vakili Natalya German.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. O‘zbekistonda davlat ishlarida ayollarning faolroq ishtirok etishini ko‘rish quvonarli, dedi BMT bosh kotibining markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Natalya German, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Men O‘zbekistonda tez-tez bo‘lib turaman va doimo ayol deputatlar, ayol vazir o‘rinbosarlari bilan tanishaman. O‘zbekistonda ayollarning davlat qarorlari qabul qilinishida yanada faolroq ishtirok etishi ko‘rish quvonarli holdir. Albatta, bunda Davlat Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning raisasi Tanzila Norboyevaning alohida hissasi bor”, - dedi BMT maxsus vakili.

Undan tashqari Natalya German BMT bugungi kunda Markaziy Osiyoda genderlar tengligi muammosiga juda katta e’tibor berayotganini, xususan yangi qabul qilinayotgan davlat qonunlarida ayollar va erkaklar huquqlari tengligini saqlashga alohida e’tibor berayotganini aytib o‘tdi.

Natalya German  - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo MO davlatlarini yagona hamjamiyat sifatida qabul qilishni boshladi – BMT maxsus vakili

German aytishiga qaraganda, BMT genderlar tengligi muammosini birinchi navbatda o‘z tarkibidan boshlagan. Bugungi kunda Birlashgan millatlar tashkilotida ayol va erkak xodimlar soni 50/50. Undan tashqari tashkilotda har bir davlat qo‘mitasida ham ayol va erkak xodimlar soni tenglashtirilgan. Bu BMT yangi bosh kotibi Antoniu Guterrishning shaxsiy maqsadi bo‘lgan va u buni qisqa vaqt ichida amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha 7-noyabr kuni Toshkentda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tgan edi. Unda turli sohalardan huquq himoyachilari, O‘zbekiston davlat muassasalari va  xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0