Hukumatdan haydalgan Mirzayev yangi lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Zoyir Mirzayev Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev bo‘shatildi: prokuratura tekshiruv o‘tkazadi

U tuman xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida jamoaga tanishtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2018-yil 29-oktabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilgandi.

Ushbu farmoyishga muvofiq, g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois Zoyir Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etilgandi.

Undan oldin Mirzayev Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on va Bekobod tumanlarida hokimlik mulozimlari va fermerlarni suvga tushishga hamda dalada yirik kesaklarni ko‘tarib rasmga tushishga majburlagani ma’lum bo‘lgandi.

Bundan tashqari, prezident farmoyshida O‘zbekiston Bosh prokuroriga qishloq xo‘jaligi ishlari chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0