Jamiyat

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” chipta xarid qilish boʻyicha yangi onlayn-toʻlov usulini qoʻshdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishBankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgari yoʻlovchilar chipta sotib olish uchun faqat UzCard va VISA kartalaridan foydalanishlari mumkin edi.

TOSHKENT, 9 noya - Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi chiptalarni sotib olish boʻyicha onlayn-toʻlov usullariga MasterCard toʻlov tizimini qoʻshdi.

Ilgari yoʻlovchilar chipta sotib olish uchun faqat UzCard va VISA kartalaridan foydalanishlari mumkin edi.

Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Havo yoʻllari nima sababdan "Vnukovo"ga oʻtgani maʼlum boʻldi  

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" 2016 yilning 18 oktyabridan boshlab chiptalarni internet orqali sotib olish xizmatini ishga tushirgani, yoʻlovchilar aviakompaniya rasmiy sahifasi www.uzairways.com ga kirib kerakli yoʻnalish, sana va chipta turini tanlashlari, chiptalar sotib olinganda yoʻlovchilarga yoʻnalish kvitantsiyasi berilishi, pul toʻlangani haqida maʼlumot sms xabari orqali yuborilishi haqida maʼlumot bergandik.

Aeroportda roʻyxatdan oʻtishda elektron aviachipta qogʻozini va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatish kifoya. Internet orqali chipta bron qilish va sotib olish parvozdan kamida 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin. 

Shuningdek, Oʻzbekistonda yoʻlovchilar 2017 yil iyun oyidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” poyezdlariga onlayn chiptalar sotib olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala