Dunyoda

Germaniyada millatchi-harbiylar hukumatni egallab olmoqchi boʻldi

© AFP / CHRISTOF STACHEVoyennoslujaщiye FRG
Voyennoslujaщiye FRG - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat toʻntarishi uyushtirish maqsadida yashirin guruh aʼzolari qurol-aslaha va yonilgʻi toʻplashgan.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Germaniya harbiy kuchlarining elita boʻlinmalari safida xizmat qiluvchi bir necha harbiylar yashirin millatchi jamiyat tashkil qilib, hukumatni egallab olmoqchi boʻlishdi, deb xabar qilmoqda OAVlar.

Davlat toʻntarishi uyushtirish maqsadida yashirin guruh aʼzolari qurol-aslaha va yonilgʻi toʻplashgan. Belgilangan kunda ular oʻzlariga yoqmagan siyosatchilarni bir joyda jamlab ularni yoʻq qilishni rejalashtirishgan.

Suriyadagi ahvol. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
AQSH Suriyada harbiy toʻntarish uyushtirishni rejalashtirgan

Ushbu siyosatchilarning toʻliq roʻyxati maʼlum boʻlmasada, ular orasida “Yashillar” partiyasi rahbari Klaudiya Rot, Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas va Germaniya sobiq prezidenti Yoaxim Gauk borligi xabar qilingan.

Undan tashqari, guruh aʼzosi boʻlgan Franko A. ismli bundesver askari oʻzi Germaniya fuqarosi boʻlsada Migratsiya markazidan suriyalik qochqin hujjatini olgan. U kelajakda teraktlar amalga oshirib, ularni qochqinlarga toʻnkamoqchi boʻlgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, yashirin millatchi-harbiylarning barchasi xalqaro koalitsiya tarkibida 1996 yilda Afrika va Afgʻonistonda xizmat qilgan. Shuningdek, Germaniya razvedka xizmatida ularning sherigi boʻlib, guruhni kerakli maʼlumotlar bilan taʼminlab turgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala