Dunyoda

Parijda Birinchi Jahon urushi yakunining 100 yilligi nishonlanmoqda

© Press-slujba Prezidenta RF / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Parijda Birinchi Jahon urushi yakunlanganining 100 yilligi munosabati bilan 70 davlat rahbarlari jamlanishgan.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Bugun Parijda 20 million Yevropa aholisining umriga zomin boʻlgan Birinchi Jahon urushi yakunining 100 yilligi tantanali nishonlanmoqda. Ushbu maqsadda Frantsiya poytaxtiga 70 davlat rahbarlari jamlanishgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu tantanali marosim boʻlib oʻtayotgan Zafarlar ravoqi (Triumfalnaya arka) yonida Donald Tramp, Angela Merkel, va Melaniya Tramplar bilan ham soʻrashib oʻz joyiga -  Frantsiya prezidenti rafiqasining yoniga oʻtirdi.

Marosimda Oʻzbekiston vakili – Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev ham ishtirok etmoqda.  

Eslatib oʻtamiz, Birinchi Jahon urushi 1914 yilning 28 iyulidan 1918 yilning 11 noyabriga qadar davom etgan. Ushbu urushda Rossiya, Frantsiya va Britaniya bir taraf – Germaniya, Avstriya va Usmoniylar imperiyasi hamda Bolgariya boshqa tarafda jang qilishgan edi. Birinchi jahon urushida insoniyat ilk bor kimyoviy qurol va tanklardan foydalangan.

© Press-slujba Prezidenta RF / Fotobankka oʻtishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu
Parijda Birinchi Jahon urushi yakunining 100 yilligi nishonlanmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala