Toshkentda qurilish normalariga javob bermaydigan yangi uylar buzib tashlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo garaja
Stroitelstvo garaja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilonzorda fojea sodir bo‘lgan uyni qurgan xususiy qurilish kompaniyasining yangi obyektlari xavfsizlik talablariga javob bermagani tufayli buzib tashlanmoqda.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Avayxon mahallasida, xususiy korxona tomonidan qurilgan xavfsizlik va qurilish standartlariga javob bermaydigan yangi uylar buzib tashlandi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Bir necha kun oldin Chilonzor tumanida bir oilaning to‘rt farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqfidagi xabar butun O‘zbekistonni larzaga solgan edi. 

Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Chilonzorda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi

Albatta, bunday fojea, faqatgina qurilish normalarining qo‘pol ravishda buzish, gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqishi mumkin.

Teleko‘rsatuvda aytilishiga ko‘ra, ushbu fojea sababli aynan o‘sha Chilonzordagi mash’um uyni qurgan xususiy korxonaning boshqa obyektlari tekshirilganda yanada katta xatolar aniqlangan. 

Masalan: ba’zi uylar orasida atigi 3 metr masofa qoldirilgani yoki yangi uylarning issiqlik quvurlari o‘tgan “issiqlik trassasa”si ustida qurilgani, birinchi qavatdan chiqayotgan gaz tutuni ikkinchi qavat oynasiga kirayotgani shular jumlasidan.

Shuningdek, uylarning ayrimlari dastlab bog‘cha deb rasmiylashtirilib, keyinchalik qandaydir yo‘l bilan xususiy uyga aylanib qolganligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Chilonzordagi fojeadan keyin, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xavfsizlik talablariga javob bermaydigan uylarda gaz o‘rnatish loyihasiga ruxsat bergan Yunusobod tumani gaz ta’minoti boshlig‘ini ishdan bo‘shatib, majlis zalidan chiqarib yuborgani haqida xabar bergan edik. 

Yangiliklar lentasi
0