Yaponiya Oʻzbekistonning AES qurish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishStroyaщayasya atomnaya elektrostantsiya. Illyustrativnoye foto
Stroyaщayasya atomnaya elektrostantsiya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, Yaponiya tomoni bu borada Oʻzbekiston bilan tajriba almashishga tayyor ekanini bildirdi, birinchi navbatda, kadrlar tayyorlash sohasida. Yaponiyadagi oʻquv markazlarida oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. "Oʻzatom" agentligi rahbari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) instituti tomonidan Yaponiyada "Fukusimada baxtsiz hodisalar xavfini boshqarish" mavzuida uyushtirilgan seminarda ishtirok etdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri "Oʻzatom" agentligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Start proyektu stroitelstva pervoy AES v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Putin va Mirziyoyev Oʻzbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

OTB instituti tomonidan Yaponiyada tashkil etilgan seminarda 12 davlat vakillari ishtirok etgan boʻlib, uning davomida Osiyo davlatlari tomonidan tabiiy ofatlarni oldini olish va bartaraf etishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda OTBning ushbu yoʻnalishdagi dasturlari borasida maʼlumot berildi.

Ushbu seminar doirasida dastur ishtirokchilari Fukusima prefekturasiga tashrif buyurib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralari bilan tanishdi, xususan, 2011 yil 11 mart kuni Yaponiya tarixida yuz bergan eng ofatli zilzila va undan soʻng kelgan tsunami Fukusima atom elektr stantsiyasida keltirib chiqargan muammolar. Ishtirokchilarga bunday sinovdan oʻtgan hudud infratuzilmasini va iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatli tadbirlar natijalari taqdim etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Fukusimaning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish hududiy markaziga, Fukusima qayta tiklanadigan energiya istitutiga, Fukusima qishloq xoʻjaligi texnologiyalari markaziga, Soma-Futaba baliqchilar kooperativlari birlashmasiga, Fukusima robot texnikasi sinov markazi va boshqa obʼyektlarga tashrif buyurdi.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston bolalariga AES haqida multfilm orqali soʻzlab beriladi

AESda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan halokat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha samarali choralar nafaqat hudud va uning aholisi hayotini tiklashga, balki toʻliq iqtisodiy faoliyatni davom ettirish imkonini berdi, qishloq xoʻjaligini mahsulotlarini ishlab chiqarish va baliq ovlash shular jumlasidan. 2015 yildan boshlab hududda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarida radiatsiya meʼyori ortiq emasligi aniqlangan. Shuni inobatga olish zarurki, Yaponiyada oʻrnatilgan meʼyorlar Yevropa Ittifoqida yoki dunyoning boshqa mamlakatlarida belgilangan meʼyorlarga qaraganda sezilarli darajada va baʼzi hollarda oʻn barobar qattiqroqdir.

Masalan, 2015 yildan boshlab Fukusimada yetishtirilayotgan guruchda radiatsiya meʼyori ortiq emasligi, yaʼni 100 bekkerel/kg ekanligi aniqlangan boʻlsa, keyingi olti yil ichida natijalarning 99 foizdan koʻprogʻi 25 bekkerel/kg dan ham pastroq ekanligini koʻrsatgan.

Kerakli oʻlchovlar Fukusima qishloq xoʻjaligi texnologiyalari markazi tomonidan amalga oshiriladi. Unda hududda yetishtirilayotgan  qishloq xoʻjaligi va dengiz mahsulotlarining radiatsion tahlili va nazorati olib boriladi. Bunda tashqari, markaz mutaxassislari yangi oʻsimlik turlarini va qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Beloyarskaya AES v Sverdlovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lixachev: Rossiya Oʻzbekistonda atom elektr stantsiyasini qurishni taklif etdi

Tashrif davomida “Oʻzatom” agentligi delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi bilan birgalikda Tokioda bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi va “Tokay” AESga tashrif buyurdi.

Aytilishicha, 2011 yil mart oyida roʻy bergan 9 ballik zilzila vaqtida "Tokay-2" AES toʻliq quvvat bilan ishlab turgan. Tashqi quvvat manbalarining barchasi oʻchirilganidan soʻng, favqulodda vaziyat tizimi muvaffaqiyatli ishga tushgan va AESning xavfsiz toʻxtashini taʼminlagan.

"Oʻzatom" agentligi delegatsiyasi, shuningdek, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Xalqaro atom energiyasi sohasida hamkorlik departamenti direktori Shinjiro Takeda va Yaponiyaning Atom energiyasi boʻyicha agentligi prezidenti Toshio Kodama bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ilxom Sadыkov zamestitel direktora Akademii nauk RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekistonda AES qurishga nimalar sabab boʻlgan

Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni SSER texnologiyasi boʻyicha atom elektr stantsiyasini qurish borasidagi Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatladi va hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyor ekanini bildirdi, birinchi navbatda, kadrlar tayyorlash sohasida. Xususan, Yaponiyadagi oʻquv markazlarida oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, Yaponiya tomoni shuni taʼkidladiki, Fukusima atom elektr stantsiyasidagi voqealarga qaramasdan, atom energetikasi Yaponiya energetik muvozanatining muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib qoladi va uning barqaror rivojlanishini taʼminlaydi. 

Tomonlar Oʻzbekiston va Yaponiyaning strategik hamkorligini, shuningdek, Yaponiyaning atom energetikasi sohasidagi katta tajribasini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik va oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun treninglar oʻtkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala