Olti yashar qizaloq ukasi yotgan beshikni yoqib yubordi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNatsionalniy meditsinskiy issledovatelskiy sentr imeni akademika E. N. Meshalkina
Natsionalniy meditsinskiy issledovatelskiy sentr imeni akademika E. N. Meshalkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota-onasi bolalarni nazoratsiz qoldirgan 6 yashar qizaloq gugurt o‘ynab xonadagi beshikni yoqib yubordi.

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Samarqand viloyatida olti yashar qizaloq ikki oylik ukasi yotgan beshikni yoqib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV mabuot xizmati xabar qilmoqda. 

“2018 yil 10-noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi 6 yoshli D.T. ismli qizaloq oila a’zolari tomonidan nazoratsiz qoldirilishi natijasida gugurt o‘ynab xonadagi beshikni yoqib yuborgan. Yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan.

Oqibatda qizaloq va uning beshikda yotgan ikki oylik ukasi A.T.lar kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0