Ayol kishining boshiga chelak kiydirib musht tushirgan bezorilarni televizorda ko‘rsatishdi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol kishining boshiga chelak kiydirib musht tushirgan bezorilar “Yoshlar” telekanalining “Davr” dasturida ko‘rsatildi.

TOShKENT, 13 noya - Sputnik. Ayol kishining boshiga chelak kiydirib musht tushirgan bezorilar “Yoshlar” telekanalining “Davr” dasturida ko‘rsatildi, Uznews xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra ular 1997-yilda tug‘ilgan Shirinbek Abduraxmonov, 1993-yilda tug‘ilgan Anvar Mardonov va 2003-yilda tug‘ilgan Doniyor Baxriddinovlar bo‘lib chiqishgan.

Teledasturda ularning ota-onasi va mahalladoshlari so‘zga chiqib bu holat kechirib bo‘lmasliginini, bezorilardan birining otasi esa “Ming bor afsusduamiz, bu bizning beparvoligimiz oqibatida sodir bo‘ldi” degan gaplarni aytishgan.

Prokuratura vakili esa ushbu jinoyat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi (b) bandi bilan (Bezorilik)  jinoiy ish qo‘zg‘atilganini xabar qilgan.

Yangiliklar lentasi
0