Rossiyaga xurmo olib kelgan 10 ta yuk avtomobili - kiritilmadi

© Sputnik / Vladimir GorovixProverka dokumentov
Proverka dokumentov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikistonda yetishtirilgan xurmo mevalari, kerakli sertifikatlar bo‘lmagani tufayli Rossiya hududiga kiritilmadi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi "Troisk" nazorat punktida xurmo mevalari ortilgan 10ta yuk avtomobili to‘xtatib qolindi

Haydovchilar aytishiga qaraganda, O‘zbekiston va Tojikistonda yetishtirilgan xurmo mevalari Rossiya shaharlari tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

Xurma Korolek - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonga O‘zbekistondan keltirilgan xurmo kiritilmadi

Rosselxoznadzor xodimlari xabariga ko‘ra, to‘xtatib qolingan yuk avtomobillaridan 4tasida mevalar qutilarida  belgilangan tartibda mahsulot nomi, kelib chiqish mamlakati va joyi yozilgan etiketkalar bo‘lmagan. Qolgan 6ta yuk avtomobilida ortilgan xurmoning esa - xalqaro standartdagi kelib chiqish sertifikati bo‘lmagan. 

Shu sababli yuk avtomobillari to‘xtatib qolingan, yuk egalari ma’muriy javobgarlikka tortilgan mevalar esa kelib chiqish mamlakatiga qaytarilgan. 

Yangiliklar lentasi
0