Toshkentda yangi avtobus yo‘nalishlari ochildi

© SputnikVistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017
Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
12 noyabrdan boshlab Toshkentda ikkita yangi yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Toshkentda 12-noyabrdan boshlab yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi “Tashkentskiy avtobus” sayti. 

120-yo‘nalishidagi avtobus “Chorsu metrosi” avtostansiyasidan Zarqaynar, Sag‘bon ko‘chalari va Keles yo‘l ko‘chasi bo‘ylab Kelesdagi dehqon bozorgacha harakat qiladi. Ushbu yo‘nalishda 3-avtobus saroyi xizmat ko‘rsatadi. Isuzu rusumli avtobuslar qatnaydi.

Avtobus na Charvak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar 86 shahar va shaharlararo avtobus yo‘nalishi ochiladi

183-yo‘nalish “Tovarnaya stansiya” bekatidan boshlanib, Elbek, Alimkent, Qorasuv, Izzat, Beshariq ko‘chasi bo‘ylab Aviasozlar (Kadishev) bozori orqali o‘tadi, so‘ngra Aviasozlar, Zumrad, Shohimardon, Izzat, Mo‘ynoq ko‘chalari va Farg‘ona yo‘l ko‘chasi bo‘ylab harakat qilib, Kuylyuk bozoriga kirib, keyin Bektemir yo‘li ko‘chasi, Sobir Rahimov va Sholikor ko‘chasidan Binokor mikrorayonigacha harakat qiladi. 5-avtobus saroyi Isuzu rusumli avtobuslar bilan xizmat ko‘rsatadi

Oldin ma’lum qilingandek, yil oxirigacha Toshkentga 80 ta Isuzu rusumli avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan. Yangi mashinalar jamiyat transporti harakati va yo‘lovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0