Iqtisod

Turizm qoʻmitasi “Havo yoʻllari”ni bir necha kompaniyaga boʻlishni taklif qildi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
"Oʻzbekiston havo yoʻllari"ni - aviatashuvchi, aeroportlarni boshqaruvchi va aviatsiyani tartibga soluvchi bir nechta raqobatlashuvchi kompaniyalarga ajratish taklif qilindi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasini qayta tuzishni taklif etmoqda, bu haqda 2025 yilgacha turizmni rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasida aytilgan.

Hujjat matniga koʻra, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasini bir nechta raqobatlashuvchi kompaniyalarga ajratish taklif qilingan: aviatashuvchi, aeroportlar boshqaruvi va aviatsiyani tartibga solish organni ajratib turuvchi kompaniya.

Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” chipta xarid qilish boʻyicha yangi onlayn-toʻlov usulini qoʻshdi

Shuningdek, davlat yirik xalqaro aviatashuvchilarni hamkorlikka chorlash va loukosterlar parvozini tashkil qilish rejalashtirgan.

Bundan tashqari, mamlakatda ichki qatnovlar rivojlantiriladi. Hozirgi kunda hududlar oʻrtasidagi barcha aviaparvozlar Toshkent shahri orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston hukumati rejalarida yangi xalqaro aeroportlarni qurish va eskilarini qaytadan taʼmirlash oʻrin olgan.

Ekspertlarning fikriga koʻra, ushbu barcha chora-tadbirlar aviakompaniyalar oʻrtasidagi raqobatni kuchaytirish va aviachipta narxlarini pasaytirishgan yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala