Yunusobod tumanidagi sex yonib ketdi

© MVD UzbekistanaPojar v Yunusobadskom rayone Tashkenta
Pojar v Yunusobadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘inni o‘chirishga 14 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Bugun ertalab Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish markaziga, Yunusobod tumanida joylashgan  “Stroyteploizolyatsiya”  MChJning sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar tushdi.

Yong‘inni o‘chirishga 14 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilindi. Yong‘in soat 10.34 da qurshab olindi.

“Ayni vaqtda yong‘inni batamom o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q”, - deyilgan IIV xabarida.

Yangiliklar lentasi
0