Yandeks kompaniyasi Toshkentda yangi xizmatni ishga tushirdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Toshkentda “Yandeks. Taksi” xizmati o‘z faoliyatini boshlagandi.

TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Toshkentda “Yandeks. Mahalla” xizmati ishga tushdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

"Yandeks. Mahalla" - bu O‘zbekistonga moslashtirilgan xizmat, Rossiyada “Tuman (Rayon)” deb ataladi.

Ushbu o‘ziga xos ijtimoiy tarmoq orqali poytaxt aholisi internet-maydonda o‘z mahalla yangiliklari, muammolari va hodisalarini muhokama qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Rossiyadan tashqarida xizmatni joriy etilgan birinchi davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yaqinda “Yandeks. Taksi” transport xizmati o‘z faoliyatini boshlagandi. Oktabr oyi o‘zida ushbu xizmatga to‘rt ming avtomobil ulangandi.

Yangiliklar lentasi
0