Jamiyat

Oʻzbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Nukus - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti bu ishni Qoraqalpogʻistondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Oʻzbekiston har bir hududida prezident maktablari tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda maʼlum qildi.

Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Moʻynoq aholisiga qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida maslahat berdi

“Mamlakatimizni yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarishni oʻz oldimizga ustuvor vazifa qilib qoʻygan ekanmiz, buni amalga oshirish uchun bizga, eng avvalo, yangi avlod kadrlari kerak. Ana shunday yuksak salohiyatli kadrlarni tarbiyalash maqsadida yurtimizning har bir hududida bittadan yangi tipdagi maktablar - Prezident maktablarini tashkil etishni rejalashtirganmiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston prezidenti bu ishni Qoraqalpogʻistondan, Nukus shahridan boshlashni taklif qildi.

Taklifni barcha katta xursandchilik bilan qoʻllab-quvvatlagach, prezident soha mutasaddilariga bu boʻyicha topshiriqlar berdi.

Kelgusi yili Qoraqapogʻistonda 2 ming 400 oʻrinli 7 ta maktab qurilishi, maktabgacha taʼlim va sogʻlikni saqlash tizimlaridagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi aʼzolari, shahar va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari ishtirok etmoqda. Videoselektor orqali uni shahar va tumanlarda keng jamoatchilik vakillari kuzatib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala