Sirdaryodagi dahshatli YTH sabab qizaloq onasidan ayrildi

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Lasetti” rusumli avtomashina “Otayurt” 933-km.da “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Yo‘lovchi ayol kasalxonada vafot etgan.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14-noyabr kuni “Lasetti” rusumli avtomashina “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

“Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 14-noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi A.R. o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan M.G‘. boshqaruvidagi “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan”, - deyilgan xabarda.

Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi, uning 5 nafar yo‘lovchilari (ulardan 2 nafari ona va bola) jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchilardan biri 2 yoshli qizaloqning onasi vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0