Hodisalar

Toshkentdan Mumbayga yoʻl olgan samolyot favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy
Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik Oʻzbekiston
HY-427 Toshkent-Mumbay yoʻnalishidagi reys soat 00:05da Toshkent aeroportidan parvoz qilgan.

TOSHKENT, 16 noya – Sputnik. Toshkent - Mumbay reysidagi samolyot yoʻlovchilardan birining ahvoli yomonlashishi tufayli Samarqand shahriga favqulodda qoʻndi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” matbuot xizmati.

Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Turizm qoʻmitasi “Havo yoʻllari”ni bir necha kompaniyaga boʻlishni taklif qildi

Xabarda aytilishicha, trapda yoʻlovchini tez yordam mashinasi kutib turgan, unda u viloyat markazidagi kasalxonalardan biriga olib ketildi.

HY-427 Toshkent-Mumbay yoʻnalishidagi reys soat 00:05da Toshkent aeroportidan parvoz qilgan. Oradan koʻp oʻtmay, samolyot Afgʻoniston hududi uzra boʻlganida, yoʻlovchi oʻzini yomon his qila boshlagan.

Yoʻlovchining ahvolini yomonlashgani sababli ekipaj shoshilinch ravishda ortga qaytish va yoʻlovchini yirik shaharlardan biridagi eng yaqin aeroportga yetkazishga qaror qildi.

Samarqand yaqinligi va yoʻlovchini qabul qilishi mumkin boʻlgan yirik tibbiy muassasalarga egaligi yuzasidan eng optimal variantga aylandi.

Yoʻlovchi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgandan soʻng, samolyot parvozni davom ettirgan va Mumbayga biroz kechikish bilan 6:15da yetib borgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala