TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. 16 noyabr kuni Oktyabrskiy tumani boʻyicha politsiya boʻlimiga “Ufa-Orenburg” avtoyoʻlining 299 kmda avtobus yoʻlning bir qismini toʻsib qoʻyganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Orenburg viloyati IIV boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Davlat avtoinspektsiya xodimlari darhol voqea joyiga chiqishgan.
Mazkur avtobus Ufa shahridan Oʻzbekiston fuqarolarini olib ketayotgani va yoʻlda buzilib qolganligi sababli toʻxtashga majbur boʻlgani maʼlum boʻldi. Hodisa haqida FVV va mahalliy maʼmuriyatga xabar berildi.
Voqea joyiga avtochilangar yuborildi, u kamchilikni bartaraf etgan.
“Yoʻlovchilarga Oktyabrskiyga borib, isinib olish taklif etildi, biroq ular rad etishdi. Avtobus isitilgan va ularning hayotiga hech qanday xavf boʻlmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chet ellik fuqarolar hujjatlarini tekshirishdi, biroq migratsiya qonunchiligining buzilishi aniqlanmadi”, - deyiladi huquq tartibot organi xabarida.
Transport vositasi tuzatilganidan keyin yoʻlovchilar Oʻzbekistonga yoʻl olishdi.