TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. 2018 yilning 16 noyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari oʻrinbosarlarining har yil boʻlib oʻtadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston hamda BMT bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi Miroslav Yencha, bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun ichki hamda transmilliy tahdidlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Bishkek shahrida Oʻzbekiston – Qirgʻiziston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi boʻlib oʻtgandi.