TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Ushbu holat 13 noyabr kuni sodir boʻldi. Sputnik Qozogʻiston xabar berishicha, dzyudochi koʻmir uchun navbatda turgan erkaklardan biri bilan mushtlashib ketgan.
Mushtlashuv oqibatida sportchiga pichoq bilan ogʻir jarohat yetkazildi.
Jasulan Abiyev 33 yoshda edi. U Qozogʻistonda dzyudo boʻyicha vazni 60 kilogacha boʻlgan toifada Qozogʻiston chempioni va turli musobaqalarning koʻp karra sovrindori boʻlgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Abiyev 2010 yilda sportdan ketib, biznes bilan shugʻullanishni boshladi. U Stepnoy qishlogʻida istiqomat qilgan.
Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida Semey shahrida istiqomat qiluvchi 24 yoshli fuqaro qoʻlga olindi. Qotilga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan suddan oldin tergov ishi boshlandi.
Eslatib oʻtamiz, iyulda Olma-otada qozogʻistonlik figuristi, Sochidagi Olimpia oʻyinlari bronza gʻolibi Denis Ten oʻldirilgandi. U ham ikki nafar kishi bilan yuzaga kelgan mushtlashuvda jabrlangandi.