TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Bugun, 7 noyabr kuni Saratov viloyati Ozinsk tumanida YTX sodir boʻldi.
Tartibga solinmagan temir yoʻl kesishmasida yuk poyezdi “Saratov-Ulyanovsk” yoʻnalishida harakatlanayotgan avtobus bilan toʻqnashdi. Avtobus ichida 7 kishi boʻlgan.
Avariya oqibatida 5 kishi halok boʻldi. RIA Novosti Qozogʻistonning Astraxandagi konsuli Qanat Shekkaliyevga tayangan holda maʼlum qilishicha, barcha halok boʻlganlar - Oʻzbekiston fuqarolari.
Ikki nafar jabrlanganlar, haydovchi va uning yordamchisi Qozogʻiston fuqarolari. Ular shifoxonaga yotqizildi.
Buyurtma avtobusi Saratov-Ulyanovsk yoʻnalishida harakatlanayotgan boʻlgan.
Hodisa boʻyicha tekshiruv ishlari boshlandi.