Selfi AQSh fuqarosini 99-yillik qamoq jazosidan qutqarib qoldi

© CHARLY TRIBALLEAU / AFPMolodie lyudi delayut selfi na fone zakata
Molodie lyudi delayut selfi na fone zakata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokuratura Kristofer Prekopiyaga 99-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini talab qiladi.

TOShKENT, 17 noya  — Sputnik. Texas shtatida istiqomat qiluvchi Kristofer Prekopiyaga o‘zi tushgan selfi jinoyat bo‘yicha o‘zini aybsiz ekanligini isbotlashga yordam berdi. Bu haqda RIA Novosti KVUE nashriga asosan xabar qildi.

Yoshi yigit o‘zining sobiq qiziga suyuqasd qilishda ayblanayotgan edi. U Kristofer uning uyiga bostirib kirganligi va ko‘krak qismida pichoq bilan xoch rasmini chizib jarohat yetkazganligi haqida politsiyaga ariza bilan murojaat qiladi.

Barcha ayblovlar faqat jabrlangan ayol so‘zlariga asoslanganligiga qaramasdan, Prekopiya shu kecha oilasi bilan bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ammo u hibsga olinadi.

Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi Gitlerning jinsiy hayoti haqidagi maxfiy ma’lumotni oshkor etdi

Prokuratura unga 99-yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini talab qildi. Keyinchalik yigitning yaqinlari uni 150 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborilishiga muvaffaq bo‘lishdi.

Yigitning aybsizligini uning onasi isbotladi. U qizga hujum qilingan kuni ular oilasi bilan voqea joyidan 65 km uzoqlikda joylashgan otelda kechki ovqat qilganligini eslaydi. Shu bilan birga, ular foto-suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yishgan, xususan Kristofer geolokatsiya bilan Facebookda selfi suratini joylashtiradi. Bu fotosurat politsiya xodimlarini shu yigit hodisa yuz bergan vaqtda umuman boshqa joyda bo‘lganligiga ishontirdi.

Keyinchalik xafa bo‘lgan qiz, sobiq yigitdan qasos olish maqsadida shu voqeani o‘ylab topganligi ma’lum bo‘ldi.

KVUE yozishicha, bu ishda tushunarsiz holatlar juda ko‘p. Jumladan, haqiqatda shu qizga hujum qilinganmi, yoki u o‘ziga o‘zi jarohat yetkazganmi. Shuningdek, Prekopiyuni shu restoranda ko‘rgan guvohlar politsiyani ishontira olmaganligi tushunarsiz holat.

Yangiliklar lentasi
0