TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasiga eksport qilinayotgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarga kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar alohida belgilandi.
Shuningdek, tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash boʻyicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.