Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA ustidan g‘alaba qozondi

© UFAOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi "Dubai Cup" musobaqasining ikkinchi turida BAA ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

TOShKENT, 18 noya - Sputnik. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan "Dubai Cup" musobaqasining ikkinchi turida BAA jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi.   

Gollar mualliflari ikkinchi bo‘limda  zaxiradan tushgan Sanjar Qodirqulov (75) va Islom Qobilovlar (80, penalti) bo‘lishdi.

Krishtianu Ronaldu , Djordjina Rodriges i yego sin Krishtianu Ronaldu-mladshiy - Sputnik O‘zbekiston
Krishtianu Ronaldu bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi: futbol yulduzi kimni tanladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-noyabr kuni vakillarimiz Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishgan edi. Navbatdagi o‘yin Quvayt terma jamoasiga qarshi 20-noyabr kuni  bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston jamoasi a’zolari: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Husniddin G‘ofurov, Azizbek Omonov (Farrux Ikromov, 70), Davron Umirov (Oston Urunov, 46), Islom Kenjaboyev (Sanjar Qodirqulov, 70), Islom Rashidxonov (Nurullo To‘xtasinov, 60), Mirjahon Mirahmadov (Oybek Rustamov, 88), Sherzod Nasrullayev (Dilshod Saidov, 88), Sharof Muhiddinov (Abrorbek Ismoilov, 60).

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Bobur Abduxoliqov va Abdulla Abdullayev jarohati sababli Dubaydagi musobaqada ishtirok eta olmayapti. 

© UFAOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAA ustidan g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana po futbolu

 

Yangiliklar lentasi
0