Hyundai Namanganda tijorat avtomobillari zavodi ochadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishGruzoviki Hyundai
Gruzoviki Hyundai - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hyundai-Namangan KD zavodining umumiy qiymati - 130 million dollani tashkil qiladi. Dastlabki bosqichda zavod 400ta yuk avtomobillari va mikroavtobuslar ishlab chiqaradi.

TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida, Janubiy Koreyaning Evergreen Motors va Posco Daewoo kompaniyalari bilan hamkorlikda, Hyundai-Namangan KD - yuk avtomobillari zavodi qurila boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Namangan viloyat ma’muriyatiga asosan. 

Yangi zavod ilk mahsulotini  2019-yilning sentabr oyida ishlab chiqarishni boshlaydi. Dastlabki bosqichda zavod 400ta yuk avtomobillari, mikroavtobuslar va avtobuslar ishlab chiqaradi. Zavod quvvati sekin-asta 2,5 ming avtomobilga yetkaziladi. Ishlab chiqarilayotgan avtomobillar lokalizatsiyasi 50%ni tashkil qiladi.

Loyihaning umumiy qiymati 200 million $ atrofida bo‘ladi. Zavod “Qo‘qon” EIZida quriladi. Zavod qurilishining tamal toshi qo‘yish marosimida sarmoyaviy hamkorlik shatnomasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Hyundai zavodini qurish haqidagi dastlabki kelishuvlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga 2017-yilda bo‘lgan tashrifi doirasida imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0